Янгиликлар /

«MYu» Kroos borasida taklif bilan chiqmoqchi

Мақола нашр қилинди

The Mirror nashri xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi «Bavariya» yarim himyachisi Toni Kroosni qo‘lga kiritish uchun jiddiy tarzda kirishgan.

24 yoshli yarim himochi Germaniya chempionlari bilan tuzgan shartnomasi 2015 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Hozirgi kunga qadar futbolchi yangi shartnoma yuzasidan jamoa raxbariyati bilan kelishuvga erisha olmayapti. «Bavariya» esa futbolchi bilan kelishuvga erisha olmasa uni boshqa jamoaga sotib yuborishni ko‘zlamoqda.

«Yunayted» esa futbolchi uchun 40 million funt mablag‘ taklif qilishni rejalashtirib yuribti va shu orqali futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi.
Shuni eslatib o‘tish lozimki, so‘ngi bir necha uchrashuvda bosh murabbiy tomonidan zahiraga olingan Kroos o‘z noroziligini ochiqchasiga namoyish etgan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.