Янгиликлар /

Biz - «Manchester Yunayted»miz!

Мақола нашр қилинди

«Bavariya» ga qarshi uchrashuvdan oldin futbolchilar ushbu bahs xaqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.
Rayan Giggz: «Biz o‘zimizni autsayder his qilmayapmiz. Biz — «Manchester Yunayted»miz, biz Chempionlar ligasi bahsini o‘z uyimizda o‘tkazmoqdamiz. O‘yin boshlanishini toqatsizlik bilan kutmoqdaman».
«Bu ikki buyuk jamoa, ikki buyuk tarix va to‘g‘ri futbol namoyish etuvchi jamoalar to‘qnashuvi bo‘ladi», — deydi
«Manchester Yunayted» himoyachisi Rio Ferdinand esa o‘zining Tvitterdagi sahifasida o‘yin haqida fikr bildirdi.
«Bizni «Bavariya»ga qarshi ajoyib o‘yin kutib turibdi. Uni intizorlik bilan kutmoqdaman, stadiondagi atmosfera juda zo‘r bo‘ladi. Yutamiz-da, albatta!».
«Manchester Yunayted» himoyachisi Rafael: «Biz g‘alaba qozonishimiz uchun o‘z imkoniyatlarimizning 200% yoki 300%dan foydalanishimiz kerak».
«Barcha bu naqadar qiyin bo‘lishini bilib turibdi. Shu sabab ham biz maksimum darajada yaxshi o‘yin o‘tkazishimiz kerak ekanini aytmoqdaman».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.