«MYu» yarim himoyachisi Adnan Yanuzayning agenti Dirk De Vrisning so‘zlariga ko‘ra mijozi eng ko‘p daromad qiladigan yosh futbolchi ekanini aytib o‘tdi.
«Faqat shuni aytishim mumkinki, Yanuzay dunyoning eng ko‘p maosh yosh oladigan futbolchisi bo‘lib turibdi».
«Uning yoshida Messi va Krishtianu ham ancha kam maosh olardilar. Bu holat esa ko‘p narsadan dalolat berib turibdi. Men Adnan bilan faxrlanaman».
«U ko‘plab grand jamoalarning e’tiborini tortdi. «PSJ» uning uchun ko‘p narsaga tayyor edi. «Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolashimizdan besh daqiqa avval Qatar prezidenti maslahatchisi qo‘ng‘iroq qildi va juda kata miыdordagi taklif bildirdi. «PSJ»ning qatarlik sarmoyadorlari Adnanni qo‘lga kiritish uchun mislsiz pul sarflashga tayyor edilar», — deydi Yanuzayning agenti Dirk De Vris.
Янгиликлар /
De Vris: «PSJ» ko‘p narsaga tayyor edi
Мақола нашр қилинди
Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.