Янгиликлар /

David De Xea «MYu» ning eng yahshi o‘yinchisi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda 2013/14 mavsum yakunlari bo‘yicha olti nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.Tadbirning asosiy qahramoni jamoaning ispaniyalik darvozaboni David De Xea bo‘ldi. U o‘ziga xos «dubl» ga erishdi, ya’ni muhlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra jamoaning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jamoa a’zolari o‘rtasidagi so‘rov natijasida ham darvozabon g‘olib bo‘ldi. Shu tariqa David jamoa tarixiga sera Metta Basbi sovrinini qo‘lga kiritgan 10 chet-ellik futbolchi bo‘ldi Ungacha bu mukofatga Erik Kantona, Andrey Kanchelskis, Rud van Nistelroy, Gabriel Xaynse, Krishtianu Ronaldu,Nemanya Vidich,Xaver Ernandes, Antonio Valensiya i Robin van Persilar ham sazovar bo‘lishgan edi.So‘rov noma natijalariga ko‘ra De Xea umumiy ishtirokchilarning 54% ovoziga egalik qildi, 30% ovoz to‘plagan Ueynu Runi ikkinchi, Adnan Yanuzay esa 5% bilan uchinchi o‘rinni egalladi.Mavsumning eng chiroyli gol sohibi esa Ueyn Runi bo‘ldi. Uning «Vest Xem» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda urgan birinchi goli bu mukofatga loyiq topildi. Bu mukofotga nomzodlar Adnan Yanuzay ( «Sanderlend» ga urgan ikkinchi goli) va Patrisa Evra («Bavariya» ga urgan goli) edi.Denzel Xaroun mukofoti ya’ni Eng yaxshi o‘rinbosarlar tarkibi o‘yinchisi esa Saydi Yankoga nasib etdi. U o‘z jamoadoshlari Charni Ekangamen va Riis Djeymslarni ortta qoldirdi.Jamoaning Djimm Merfi nomli mukofotiga esa «Xall Siti» jamoasiga qarshi uchrashuvda o‘z debyutini ikki gol bilan nishonlagan 18 yoshli xujumchi Djeyms Uilson sazovaor topildi.Shuningdek jamoa rahbariyati tomonidan tashkil etilgan mahsus «Muvaffaqiyatlari uchun» sovrini Rayan Giggzga topshirldi.
Muhlislar o‘rtasida o‘tkazilgan Mett Basbi mukofoti g‘olibi – David de Xea.

Futbolchilar fikriga ko‘ra mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi – David De Xea.Mavsumning eng chiroyli goli sohibi – Ueyn RuniDenzel Xaroun mukofoti g‘olibi – Saydi Yanko.Djimmi Merfi mukofoti g‘olibi– Djeyms Uilson.«Muvaffaqiyatlari uchun» sovrini g‘olibi — Rayan Giggz.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.