Янгиликлар /

Jeyms Uilson: Bu juda ham yoqimli!

Мақола нашр қилинди

«Hall Siti» bilan uchrashuvda «Yunayted» tarkibida o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazib, raqib darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan 18 yoshli Jeyms Uilson uchrashuvdan so‘ng o‘yindan olgan ta’surotlari bilan o‘rotqlashdi.«Ta’surotlar juda ham ajoyib, uni xech narsa bilan izohlab bo‘lmaydi. Birinchi golni urganimdan so‘ng juda kuchli eyforiyani boshimdan o‘tkazdim, ikkinchi gol esa men uchun yaxshi tajriba bo‘ldi. Stadionga kelgan 75000 dan ortiq muhlis ko‘z o‘ngida bunday natijaga erishish juda ham ajoyib. O‘rinbosarlar tarkibidagi uchrashuvlarda muhlislar bunday darajada ko‘p bo‘lmaydi. O‘yingoh to‘la maydonga tushar ekansan – bu juda ham yoqimli!».Eslatib o‘tamiz Uilson ushbu mavsumda jamoaning 18 va19 yoshlilar jamoasida hamda 21 yoshli o‘rinbosarlar tarkiblarida ham maydonga tushib gol urishga erishgan edi. Asosiy tarkibda urgan ikki gol unga o‘ziga hos rekord o‘rnatish imkonini berdi.«Bunday jamoada yuqori cho‘qilarga erishish uchun doimiy ravishda yuksalib borish zarur, shunday ekan barcha tarkibda o‘sishga erishganim bu men uchun yaxshi. Men asosiy jamoada birinchi bor maydonga tushdim, va o‘z ustimda ishlashni yanada kuchaytirmoqchiman».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.