Янгиликлар /

Ferdinand: Men uzoq va juda yaxshilab o‘yladim

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachi Rio Ferdinand bilan yangi shartnoma imzolanmasligini va u jamoani yozda tark etishini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik himoyachi manchesterliklar safida 12 yil to‘p surdi va juda ko‘plab sovrinlar egasiga aylandi.
Ferdinandning o‘zi muxlislar va jamoa mutasaddiqlariga raxmat aytib, kichik intervyu berdi:
«Men uzoq va juda yaxshilab o‘yladim. Mening qarorim quyidagicha bo‘ldi: oldinga intilishda davom etish kerak».
«Bu yerda juda ko‘plab baxtli mavsumlarni boshimdan o‘tkazdim. Jamoadoshlarimga, jamoa mutasaddilari-yu, muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman» — deydi Rio.
Eslatib, avvalroq jamoaning yana bir himoyachisi Nemanya Vidich jamoani tark etishi aniq bo‘lgan edi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.