Янгиликлар /

Giggz bugun Lui van Gal bilan uchrashadi

Мақола нашр қилинди

BBC Sport ning xabar berishicha bugun «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Rayan Giggz mankunianliklar boshqaruviga tayinlanishi kutilayotgan Lui van Gal bilan uchrashadi va jamoa kelajagini muhokama qiladi.
Xabar qilinishicha, 62 yoshli murabbiy jahon chempionatidan so‘ng Niderlandiya terma jamoasidan ketgach rasman «MYu» bosh murabbiyi sifatida ma’lum qilinadi. Murabbiy klub rahbariyati bilan yangi transferlar masalasini ham muhokama qilib qo‘ygan.
Hozircha Rayan Giggz o‘z kelajagi borasida aniq qarorga kelganicha yo‘q. Van Gal Giggzni yordamchi sifatida olib qolmoqchi, ammo niderlandiyalik murabbiy Fil Nevill va Nikki Battlar yordamidan voz kechayotgani tufayli Giggz bu taklifni qabul qilmoqchi emas.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.