Янгиликлар /

Vidich: Bu yil jamoa uchun o‘tish davri bo‘ldi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Nemanya Vidich yakunlanib borayotgan mavsumda jamoa ichki muhitida muammolar bo‘lganini aytib o‘tdi.
«Bu yil biz har doimgidan ham ko‘proq o‘zaro janjallashib qoldik. Chunki omadsizliklar og‘riq keltiradi. Bunday holatda janjal kelib chiqishi turgan gap. Shunday ekan, kiyinish xonasida mojarolar bo‘lib turardi.
Bu yil jamoa uchun o‘tish davri bo‘ldi. Jamoaga boshqa murabbiy keldi va o‘z falsafasini singdirishga urindi. Rayan esa, ser Aleks Fergyusonning izidank yetdi va uning g‘oyalari biz uchun ancha odatiy edi.
Men Moyesning falsafasi yomon demoqchi emasman. Ammo avvalgi uslubda biz o‘zimizni ancha erkin his qildik», — deydi serbiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Nemanya Vidich faoliyatini «Inter»da davom ettiradi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.