Янгиликлар /

Yangi transfer rejalari

Мақола нашр қилинди

The Daily Mail nashrining xabar berishicha jamoaning yangi bosh murabbiyi Lui van Gall jamoani kuchaytirish uchun 200 million funt mablag‘ bilan ta’minlanadi. Murabbiy vazifasini rasman Jahon chempionati yakuniga yetgandan so‘ng kirishadi. Bugungi kunga kelib jamoa safiga kelib qo‘shilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bo‘yicha taxminlar yuribdi.The Daily Mail nashri jurnalisti Saymon Djons fikriga ko‘ra van Gal «Old Trafford» ga himoyachilar Mats Xummels («Borussiya»), Xolger Badshtuber («Bavariya»), Sebastyan Yung («Ayntraxt») va Lyuka Shou («Sautgempton») hamda yarim himoyachilar Toni Kroos («Bavariya»), Sesk Fabregas («Barselona»), Kevin Strotman («Roma») taklif qilishni rejalashtirmoqda.Shuningdek so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, «Bavariya» jamoasi safini tark etishi kutilayotgan Mario Mandjukich ham jamoa safiga kelishi kutilmoqda.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.