Янгиликлар /

The Daily Mail: Kroos «MYu»ga o‘tadi

Мақола нашр қилинди

«Bavariya» jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos shu yozda Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tadi, deya xabar beradi The Daily Mail nashri.

Nashrning maʼlumotiga ko‘ra, ingliz jamoasi jamoani Devid Moyes boshqarayotgan paytda «Bavariya» bilan xavbekning 20 million funtga transferi borasida kelishuvga erishgan. «Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiyi Lui van Gal mazkur kelishuvni amalga oshirishga rozilik berdi.

Kroosning o‘zi van Gal bilan ishlash istaginini bildirdi. Mazkur mutaxassis qo‘li ostida Toni «Bavariya»dagi dastlabki muvaffaqiyatlariga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Kroosning «Bavariya» bilan shartnomasi muddati 2015 yilning yozida tugaydi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.