Янгиликлар /

Skoulz jamoani tark etadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoa afsonaviy yarim himoyachisi Pol Skoulz joriy mavsum oxirida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Rayan Giggzga yordam bergan edi. Ammo Skoulz kelasi mavsum jamoadan ketishini aytib o‘tdi.
«Men jamoa ijrochi direktori Edvard Vudvord bilan gaplashmadim. Men Rayan Giggzga yordam berish uchungina qaytgan edim. Endi esa jamoadan yana qo‘ng‘iroq bo‘lishini kutmayapman. Kelasi yili ham «MYu»da ishlashni rejalashtirganim yo‘q».
«Devid Moyesni ko‘p tanqid qilishdi, ammo ishonchim komilki, u kuchli murabbiy. Uning uchun 10 oy yetarli muddat ekaniga shubha qilaman. Vudvord ijrochi direktor sifatida ishlashga munosib ekanini isbotlashi uchun ko‘p harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. U yangi murabbiy talab qiladigan futbolchilarni jamoaga olib kelishi lozim. O‘tgan mavum u bu ishni uddalay olmadi. Agarda yana shu holat takrorlansa, jamoa yetakchilar safiga qaytmaydi», — deydi Skoulz.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.