Янгиликлар /

«MYu» yana o‘z o‘ringa qaytdi

Мақола нашр қилинди

Adidas kompaniyasi bilan tuzilgan 750 million funtlik shartnomadan so‘ng «Manchester Yunayted» jamoasi yana eng qimmatbaho sport jamoalari reytingida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqida The DailyMail nashri xabar tarqatdi.Shartnoma tuzilganligi e’lon qilinishidan so‘ng o‘tgan bir necha kun ichida Nyu-York birjasidagi jamoa aksiyasi 5% ga o‘sdi va umumiy 2,1 milliarda funtga baholandi.Jamoaning aksiyalarini o‘sishiga yana bir sabab qilib jamoa yangi bosh murabbiy Lui van Gal qo‘l ostida mashg‘ulotlarga kirishgani deb hisoblanmoqda.Eng qimmat titul homiy bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha reyting:
  1. 1. Manchester Yunited — Chevrolet — £53 million
  2. 2. Barcelona — Qatar Airways — £26 million
  3. 3. Bayern Munich — Deutsche Telekom — £23 million
  4. 4. Real Madrid — Emirates — £23 million
  5. 5. Liverpool — Standard Chartered — £18 million
  6. 6. Sunderland — Invest in Africa — £18 million
Eng qimmat ekipirovka ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha reyting:
  1. 1. Manchester Yunited — *Adidas — £75million (*2015/16 mavsumdan boshlab)
  2. 2. Arsenal — Puma — £30 million
  3. 3. Real Madrid — Adidas — £24 million
  4. 4. Liverpool — Warrior — £23 million
  5. 5. Barcelona — Nike — £22 million
  6. 6. Bayern Munich — Adidas — £22 million
  7. 7. Manchester United — **Nike — £21.6 million (**2014/15 mavsum yakuniga qadar)

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.