Янгиликлар /

Van Persi Amerikaga bormaydi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Robin van Persi jamoa bilan Amerikada tashkil etiladigan mavsum oldi tayyorgarlik doirasidagi turneda ishtirok etmaydi. Terma jamoa bilan Jahon chempionatida ishtirok etgan hujumchiga jamoa tarafidan 3 haftalik ta’til berildi. Van Persi Jahon chempionatida Gollandiya terma jamoasi tarkibida 6 uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozalarini 4 bora ishg‘ol qildi. Gollandiya yakunda 3 o‘rinni egallab bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Futbolchi hozirda oila a’zolari bilan birgalikda Barbadosda dam olmoqda. Bu haqida futbolchi quyidagi fikrilarni bildirdi.«Men uchun 3 haftalik tanaffus juda zarur. Jahon chempionati men uchun juda og‘ir kechdi. Har bir uchrashuvda bor kuch bilan harkat qildim, shunday ekan menda xech narsa qolmadi. So‘ngi uchrashuvda bizga juda qiyin kechdi, biz xuddi siqilgan limon kabi bo‘lib qoldik» — deydi hujumchi jurnalistlarga bergan intervyusida.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.