Янгиликлар /

Van Gal chorshanbadan ishga kirishadi

Мақола нашр қилинди

Sky Sports nashri xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasining yangi bosh murabbiyi Lui van Gal chorshanba kunidan boshlab jamoa bilan Karringtonda mashg‘ulotlarni olib borishni boshlaydi. 62 yoshli Gollandiyalik mutaxassis Braziliyadan o‘tgan Jahon chempionati bahslarida Gollandiya termajamoasi bilan 3 o‘rinni egalladi. U terma jamoa bilan yakshanba kuni yevropaga qaytgan. Ushbu haftadan boshlab mutaxassis rasman «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyligini egallaydi. Avvalgi hafta jamoa mashg‘ulotlarini Rayan Giggz boshchiligida olib borgan edi.Jurnalistlarning Lui van Galga uning ta’til olmasdan yangi ishga kirishi yuzasidan berilgan savoliga mutaxassis quyidagicha javob berdi.«Men uchun ta’tilga chiqmasligim muammo emas. Bunday jamoadagi taklif men uchun yoqimli bo‘ldi.xar kuni doimiy ravishda iqtidorli yoshlar bilan ishlab kelmoqdaman. Menga ta’tilsiz ish olib borish qiyinchilik tug‘dirmaydi.Meni jamoada tezroq ish boshlashimni intizorlik bilan kutmoqdaman. Hozircha jamoaning ikki a’zosi – bosh skaut va ijrochi direktori bilaman uchrashdim. Shuningdek jamoaning ikki nafar egalari bilan ham.Tez vaqtlar orasida jamoaning boshqa a’zolari bilan ham yaqindan tanishib olaman degan umiddaman».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.