Янгиликлар /

Rasman Adidas «MYu» ning yangi homiysi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi rasmiy veb saytining xabar berishicha jahoning yetakchi konsernlari hisoblangan Adidas bilan olib borilgan muzokaralar ijobiy yakuniga yetgan. Muzokaralar yakunida tomonlar 10 yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishgan. Shunday qilib, Adidas kompaniyasi 2015/16 mavsumdan boshlab jamoaningbosh texnik hamkori sifatida ish boshlaydi. Hozircha shartnomaning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmagan, lekin ko‘plab mutaxassislarning fikriga ko‘ra shartonmaning umumiy miqdori 750 million funtni tashkil qiladi.Eslatib o‘tamiz, jamoa so‘ngi 13 yil davomida Nike kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelgan. Ushbu 2014/15 mavsum Nike uchun so‘ngisi bo‘ldi. Avvalroq xabar berganimizdek, tomonlarning yangi shartnoma tuzish borasidagi olib borgan muzokaralari samarasiz yakuniga yetgan edi.Bu yangi shartnoma Adidas va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi dastlabki shartnoma emas, jamoaga 1980 yildan 1992 yilga qadar Geramaniya kompaniyasi bosh texnik homiy bo‘lib faoliyat olib borgan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.