Янгиликлар /

Bebe jamoani tark etadi

Мақола нашр қилинди

Portugaliyaning O Jogo nashri «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Bebe «Benfika» ga o‘tishini tasdiqladi.

«Men «Benfika»da yaxshi mavsum o‘tkazish uchun tayyorman. Jamodonlarimni yig‘ishtirib bo‘lganman. Bu yerdan ketishim uchun maoshimni qisqartirishlariga ham roziman. Men futbol o‘ynashni judayam istayman» deydi Bebe Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Bebe «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibiga 2010 yil avgust oyida kelib qo‘shilgan va shu kunga qadar faqatgina ikki bora uchrashuvlarda ishtirok etgan. Xozirda faoliyatini asosiy qismini ijarada o‘tkazmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi portugaliyaning «Pasush di Ferreyra» jamoasi tarkibida 27 uchrashuvda maydonga tushib raqib darvozalarini 12 bora ishg‘ol qilgan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.