The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra Londonning «Arsenal» jamoasi himoyachisi Tomas Vermalen «Manchester Yunayted» jamoasi safiga borib qo‘shilishi mumkin. 28-yoshli belgiyalik futbolchi uchun «MYu» 12 million funt mablag‘ taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Kanonirlar ustozi Arsen Venger ham Vermalenni qo‘yib yuborishga qarshilik bildirmasligini taʼkidlamoqda. «Yunayted» Vermalenni qo‘lga kiritish orqali himoya chizig‘ida yuzaga kelayotgan bo‘shliqni bartaraf qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Vermalen o‘tgan mavsumda Premer-ligada jamoasi tarkibida 14 uchrashuvda maydonga tushgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.