Янгиликлар /

Turne-2014: Uilson kichik jarohat olgan

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasining 18 yoshli futbolchisi Djeyms Uilson AQShda bo‘lib o‘tayotgan mavsum oldi turnesida ishtirok etayotgan tarkibdan doy olmaganligiga aniqlik kiritildi. Futbolchining barmoqlari singan va shu sababli bosh murabbiy uni tarkibga kiritmagan.Uilson AQShdagi turnega borishi avvaldan rejalashtiralayotgan edi, lekin o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar vaqtida Djeyms chap qo‘li barmoqlarini sindirib olgan. Futbolchi xozirda jarohatni davolash bilan bir qatorda o‘rinbosarlar tarkibida mashg‘ulot olib bormoqda.Uilson seshanba kuni «Yunayted» o‘rinbosarlari jamoasi tarkibida 45 daqiqa maydonda xarakat qildi va qo‘lidagi jarohati uni to‘liq uchrashuvni o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymadi.Ayrim tahminlarga ko‘ra Uilson AQShda mavsum oldi yig‘inida ishtirok etayotgan jamoa tarkibiga turnening so‘ngi kunlarida qo‘shilishi mumkin.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.