Янгиликлар /

Errera: Bu juda ajoyib

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» jamoasining yangi yarim himoyachisi Ander Errera jamoaning mavsum oldi dastlabki uchrashuvida «LA Gelaksi» ga qarshi kechgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uchrashuvdan so‘ng futbolchi jamoa rasmiy saytiga intervyu berdi.«Jamoaning ushbu qizil libosida o‘ynashni orzu qilar edim, ushbu o‘yinda ishtirok etgan libosimni esdalik uchun saqlab qo‘yaman. O‘ylashimcha «Manchester Yunayted» dagi dastlabki o‘yinim yaxshi chiqdi».«Uchrashuvda faqatgina mening o‘yinimni ko‘rsatib o‘tish lozim emas. Bugun butun jamoa harakat qildi va barcha chiroyli o‘yin ko‘rsatish uchun intildi. Birinchi uchrashuvni ishonchli tarzda o‘tkazganimiz bizga yaxshi bo‘ldi. Barcha ushbu g‘alabadan mamnun ».«Uchrashuvdan so‘ng murabbiy ko‘rsatgan o‘yinimdan ko‘ngli to‘lganligini ta’kidladi, biz yana ishlashda davom etib yanada kuchli o‘yin namoyish etishimiz lozim. Xozir vaqt to‘xtab turmaydi doimo xarakatqilib turish lozim. Albatta, 7:0 bu yirik hisob, lekin bu o‘rtoqlik o‘yini holos. Muhimi biz mavsumni g‘alaba bilan boshladik, bu bizga keyingi uchrashuvlarda qo‘shimcha motivatsiya beradi».«Debyutimdan nima esimda qoldi? Muhlislar jamoani juda yahshi ko‘rishadi. 80000 dan ortiq muhlis stadiondan turib o‘yinni kuzatishdi – bu juda ajoyib! Biz barchalaridan minnatdormiz».>
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.