Янгиликлар /

Muhlislar uchun ajotib sovg‘a

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi rasmiy do‘koni kichik xato sababli jamoaning yangi futbolkalarini 50 % chegirma bilan sotib yubordi. Mahalliy vaqt bilan soat tongi 5-00 da jamoa saytining do‘konida xatolik yuzaga kelgan. Yengi kalta futbolkalar 55 funtdan 22 funtga, yengi uzunlari esa 60 funtdan 24 funtgacha «arzonlashtirib» qo‘yilgan. Bir qancha vaqtdan so‘ng esa xato bartaraf etilgan. Ta’kidlanishicha, bir qancha muxlislar futbolkalardan sotib olishga ulgurib qolganlar. O‘z o‘rnida esa, jamoa barcha javobgarlikni bo‘yniga olib, futbolkalarni qaytarib olmasiligini ma’lum qilgan. Bu jamoa muhlislari uchun o‘ziga hos sovg‘a bo‘ldi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.