Янгиликлар /

Shartnoma bandlariga aniqlik kiritildi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi Adidas kompaniyasi tomonidan tuzilgan rekord miqdordagi shartnoma bandlariga oydinlik kiritildi, bu xaqida BBC nashri xabar berdi.Ushbu shartnomani imzolashda Adidas o‘z talablarini qo‘ygan va shartnoma bir necha bandlardan iborat bo‘lgan. Shartnomaning ayrim bandlari quyidagilardan iborat:«Adidas» kompaniyasi 2015-16 mavsumdan boshlab homiylik qilishni boshlaydi va jamoa ikki yil ketma-ket Chempionlar Ligasi musobaqasida ishtirok eta olmasa kompaniyaning yillik homiylik badali 30 % ga qisaqradi va yiliga — 75 mln.dan 52,2 mln. funt tushiriladi.Agar «Manchester Yunayted» Premer Liga, Chempionlar Ligasi yoki Angliya Kuboklaridan birini qo‘lga kiritsa qo‘shimcha 4 mln. funt mablag‘ga ega bo‘ladi.Shartnomaning eng kutilmagan bandi quyidagidan iborat. Agar jamoa Premer Liga musobaqasini tark etib quyi ligaga yo‘ olsa kompaniya jamoa uchun xarajatlarini 50% gacha qisqartirishi mumkin.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.