Янгиликлар /

Ronaldo: Men Manchesterni sevaman

Мақола нашр қилинди

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu AQShdagi mavsum oldimusobaqa doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi o’yin oldidan o’z sobiqklubga bo’lgan muhabbatini yashirib o’tirmadi.

«Barchaga ma’lumki, «ManchesterYunayted» – mening eng sevimli klublarimdan, u erda o’ynash menga yoqar edi. 18yoshligimda u erga o’tgan edim, yutishim mumkin bo’lgan barcha sovrinlarnimazkur klub bilan qo’lga kiritdim. U erda barcha menga yaxshi munosabatdabo’lgan, men buni qadrlayman».

««Real» bilan «Yunayted»ga qarshi YeChLdao’ynaganimizni yaxshi eslayman, men o’shanda baxtli edim. «Manchester Yunayted»– jahonning eng kuchli klublaridan biri, bu jamoaga men befarq emasman. Ba’zio’yinchilar bilan hamon aloqani uzmaganman, sababi o’sha damlarda jamoadoshlaro’rtasidagi munosabatlar juda yaxshi edi. Nafaqat futbolchilar, balki klubvakillari bilan ham do’st edik. Men uchun bu jamoa ikkinchi oilam, men hechqachon yaxshi munosabatda bo’lganlarni yoddan chiqarmayman».

«Men Manchesterni sevaman. Qaytishim borasida hech kim hech narsa bilmaydi.Albatta, meni «Real»da barcha narsa qoniqtirmoqda, bu mening klubim, meninguyim. Biroq «Yunayted»da hayotim shunchalar yaxshi edi-ki. Umuman olganda, birnarsa deya olmayman. Anchelotti bilan maydonga tushishim imkoniyatini taxlilqildik. Men bir necha daqiqa bo’lsa ham maydonga tushmoqchiman, axir bu meningsobiq klubim, ko’ramiz», – deydi Krishtianu Ronaldu.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.