Янгиликлар /

Runi jamoa sardori etib tayinlandi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal jamoaning yangi sadorini nomini e’lon qildi. Bu haqida jamoaning rasmiy sayti xabar berdi. Xabarda aytilishicha «Manchester Yunayted» ning sardori vazifasini yangi mavsumdan boshlab Ueyn Runi bajaradi. Darren Fletcher esa vitse-sardor etib tayinlandi.«Jamoa sardorini tayinlash doimo men uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ueyn o‘z ishiga juda talabchan. Men unda yaqqol professionalizmni ko‘rdim, mashg‘ulotlarga chin dildan yondoshish va mening filosofiyamni yaxshi tushinishi. U o‘zidan yosh futbolchilarga o‘rnak bo‘lib ularni qo‘llab quvatlay oladi. Uni «Manchester Yunayted» jamoasi sardorligi vazifasini chin dildan bajarishiga ishonamiz.«Darren Fletcher esa vitse-sardor vazifasini bajaradi. Darren – tug‘ma yetakchi va u Ueyn yo‘qligida jamoani o‘z ortidan yetaklay oladi. Darren juda tajribali futbolchi bu jamoa uchun juda muhim. U va Ueyn bilan birgalikda ko‘p narsalarni bajarishga qodir».Eslatib o‘tamiz, saytimiz muhlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra ham Runi (72,5%) jamoa sardorligiga asosiy nozod sifatida qayt etilgan edi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.