Sky Sports nashri xabar berishicha Lissabonning «Sporting» jamoasi qanot himoyachisi Markos Roxo jamoa rahbariyatidan «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tishga rozilik berishini so‘ragan.24 yoshli himoyachiga shuningdek «Sautgempton» va Italiyaning «Napoli» jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirishgan. Lekin futbolchining o‘zi «Manchester Yunayted» taklifini qabul qilishga tayyor ekanligini bildirgan.Avvalroq xabar berilganidek, jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal jamoada qanot himoyasida Lyuka Shouga raqobatdosh yana bir futbolchi lozimligini ta’kilagan edi. Taxminlarga ko‘ra «Sporting»futbolchi uchun 16 million funt mablag‘ talab qilmoqda.
Янгиликлар /
Roxo «MYu» safiga o‘tish niyatida
Мақола нашр қилинди
Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.