Янгиликлар /

Yangi transferlar uchun 80 mln. funt

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi yangi transferlar uchun 80 mln funt mablag‘ sarf qilishga tayyor. Daily Mail nashri bergan xabarga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi «Real Madrid» a’zosi Anxel Di Mariya hamda ikki himoyachi – Markos Roxo («Sporting») va Deyli Blind («Ayaks») ga jiddiy taklif bilan chiqishga tayyorlar.«Qizil iblislar» rahbariyati ushbu futbolchilar uchun umumiy 80 million funt sarf qilishga tayyor. 50 million Di Mariya uchun, 15 mln. funtdan esa Roxo va Blindga.
Shuningdek nashrning xabariga ko‘ra «MYu» vitse-prezidenti Ed Vudvord «Real» rahabariyati bilantez kunlar ichida Di Mariya transferini hal etish uchun rasman uchrashadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Sporting» futbolchisi Roxo o‘z jamoaasi rahbariyatidan «MYu» safiga o‘tishga rozilik bildirishini so‘ragan edi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.