Янгиликлар /

Rasman Di Mariya «MYu» jamoasiga o‘tdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rasman Anxel Di Mariya bilan besh yillik shartnoma imzolanganini tasdiqladi.Jamoa xabariga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun 59,7 million funt mablag‘ to‘langan va bu britaniya futboli tarixidagi rekord transfer hisoblanadi.Anxel «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibiga qo‘shilganini quyidagicha izohladi: «Men «Manchester Yunayted»jamoasi safiga kelib qo‘shilganimdan juda xursandman. Ispaniyada men yaxshi davrlarni o‘tkazdim, menga ko‘plab jamoalardan taklif bo‘ldi, lekin men «Yunayted» jamoasi safiga o‘tishni maqqul ko‘rdim».«Lui van Gal – ajoyib murabbiy. Jamoa tez orada o‘z o‘rniga yana qaytadi. Men intizorlik bilan tezroq maydonga qaytishni hohlayman».Shuningdek bosh murabbiy Lui van Gal ham Di Mariya borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi: «Anxel – yuqori darajadagi yarim himoyachi, lekin muhimi jamoaviy o‘yin. U juda iqtidorli futbolchi».«Di Mariya – juda tezkor futbolchi, yuqori saviyadagi himoyachilarga ham qiyinchilik tug‘dira oldi. Anxel – jamoaga ajoyib darajada qo‘shimcha kuch bo‘la oladi!».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.