Янгиликлар /

Runi Angliya terma jamoasi yangi sardori

Мақола нашр қилинди

Angliya terma jamoasi yangi sardori barcha taxmin qilganidek «Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, «uch sherlar»ning avvalgi sardori Stiven Jerrard xalqaro maydondagi faoliyatini yakunladi.
Jerrardning o‘rinbosari etib aynan Runi tayinlanishiga hyech kim shubha qilmayotgan edi, bugun bo‘lsa Xodjson rasman bu qarorni e’lon qildi.
«O‘ylashimcha, bu juda yaxshi tanlov. Runi katta bosimga uchrashga va barcha javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishga tayyor», — deydi Xodjson.
«Terma jamoasi sardori bo‘lish – bu orzu, aynan shu orzu men uchun haqiqatga aylandi. Bu umrim davomida erishgan yutuqlarim ichidagi eng g‘ururlanadigan muvaffaqiyatlarimdan biri bo‘lib qoladi», — deydi Ueyn.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.