Янгиликлар /

Rasman Di Mariya 7 raqamda to‘p suradi

Мақола нашр қилинди

«Manchetser Yunayted» jamoa yangi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya qaysi raqam ostida to‘p surishini rasman e’lon qildi.
26 yoshli argentinalik futbolchi «MYu» uchun muhim sanalgan 7 raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi. «MYu» jamoasi tarixida 7 raqamda jamoaning afsonaviy futbolchilari Jordj Best, Brayan Robson, Erik Kantona, Devid Bekxem va xozirda «Real Madrid» jamoasi safida o‘ynayotgan Krishtianu Ronaldu harakat qilishgan.Shuningdek, ushbu raqamda Maykl Ouen va Antonio Valensiya ham to‘p surishgan edi. Keyinchalik Valensiya 25 raqamda to‘p surishni o‘ziga maqqul ko‘rgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Di Mariya «Manchester Yunayted» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va uning transfer Angliya futboli uchun rekord 59,7 million funtni tashkil qildi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.