Янгиликлар /

Ernandesga «Valensiya» va «Yuventus» xaridor

Мақола нашр қилинди

The Guardian nashri xabariga ko‘ra «Valensiya» va «Yuventus» raxbariyati o‘z jamoalari safida «Manchester Yunayted» hujumchisi Xaver Ernandesni ko‘rish niyatida.«Yunayted» jamoasi bosh murabbiyai Lui van Gal futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinidan norozi. Van Gal bir necha bor futbolchiga imkon berdi. Ernandes unga berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayapti.Futbolchi hozirda «Old Trafford»da haftasiga 85 ming funt mablag‘ olmoqda. Chicharitoning trasfer bahosi 12-15 mln. funtga baholanmoqda.Eslatib o‘tamiz, Xaver Ernandes «Manchester Yunayted» jamoasiga meksikaning «Gvadalaxar» jamoasi safidan kelib qo‘shilgan va u bugunga qadar 152 uchrashuvda maydonga tushib 59 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.