Янгиликлар /

Vudvord: Jamoaning rejalari doimo jiddiy

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi ijrochi direktori Ed Vudvordning so‘zlariga ko‘ra jamoa oldiga 2014/15 mavsum uchun kuchli uchlikka kirish maqsadi qo‘yilgan.
Vudvord2013/14 mavsum yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotni taqdim etdi. «Bizning byudjet hisob kitoblarga ko‘ra uchinchi o‘rinda». Biz Lui bilan birgalikda vaziyatni o‘rganishda davom etamiz, qaysidir chiziqlarda kamchiliklar ko‘rsak yana mustahkamlashga xarakat qilamizva aksincha ba’zi pozitsiyadagi futbolchilarni sotishimiz ham mumkin».«Hozirda, biz jamoani o‘z o‘rnida barqaror tura oladigan tarkib bilan tuzmoqchimiz. Agar bizda yanvarda futbolchi olishimiz zarur bo‘lsa imkoniyatga qarab buni amalga oshirishimiz mumkin, xuddi yanvar oyida Xuan Matani olganimiz kabi».«2013-14 mavsum biz uchun juda og‘ir kechdi. Lekin Lui van Gal qo‘l ostida jamoa ancha yaxshi shakllanmoqda buni mashg‘luotlar chog‘ida ham ko‘rish mumkin. Men ishonaman, Lui kuchli mutaxassis. Biz yozgi transferni yaxshi o‘tkazdik va Di Mariya, Blind, Shou, Errera, Roxo hamda ijara asosida Falkaoni qo‘lga kiritdik».Shuningdek Vudvord jamoaningAdidas bilan tuzgan shartnomasiga ham to‘xtalib o‘tdi.«Biz iqtisodiy rejalarimiz doimo juda kuchli bo‘lgan. Adidas — bilan tuzgan rekord ko‘rsatkichdagi shartnomaio‘ bunga dalil, biz kelasi o‘n yillikda ham raqobatdosh ekanligimizdandir. Adidas bilan tuzilgan 750 mln. funtli shartnoma nafaqat futbolda, boshqa sport turlari ichida ham yaqqol peshqadamlik. Bu 4 yillik ishimizning o‘ziga hos kulminatsiyasidir. Bizda jahonning 20 dan ziyod kompaniyalaridan takliflar bo‘lgan edi».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.