Янгиликлар /

Falkao va Blindni rasmiy tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Мақола нашр қилинди

Kecha Karringtondagi bazada jamoaning yangi a’zolari Radamelya Falkao va Deyli Blind rasmiy tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tashkil qilingan tadbirda Radamel Falkao va Deyli Blind jurnalislar savollariga javob qaytarishdi:Dastlab so‘z Radamel Falkaoga berildi:­­«Doim «Manchester Yunayted» kabi buyuk jamoada o‘ynashi orzu qilar edim. Xozirda o‘zimni yaxshi xis qilmoqdaman, jarohatim bezovata qilayotgani yo‘q. Mavsumni «Monako» tarkibida ikki oy avval boshlagan edim va hozirda jismoniy holatim a’lo darajada».« «Yunayted» buyuk jamoa va doimoshundayligicha qoladi. Bu yer menga yoqmoqda va katta loyihaning bir bo‘lagi ekanligimdan xursandman».Kolumbiyalik futbolchi a’lo kayfitda ekanligi va jamoa a’zolari uni yaxshi qabul qilishganini ham aytib o‘tdi. Shuningdek Falkao uning o‘yin uslubi jamoa o‘yin uslubiga to‘liq mos kelishini aytib o‘tdi.«Chempionlar Ligasi musobaqasida to‘p surish – barcha futbolchilarning orzusi. Ushbu mavsum afsuski mazkur turnirda ishtirok eta olmaymiz, lekin kelasi yil ushbu musobaqada ishtirok etishimizni ishonch bilan ayta olaman».Shundan so‘ng Deyli Blind o‘z ta’surotlari bilan o‘rtoqlashdi:«Murabbiy aytganidek men himoyada ham yarimhimoyadan ham birdek o‘ynay olaman. Van Gal JCh 2014 da menga katta ishonch bildirgan edi. Men yana birga ishlash nasib qilganidan xxursandman. Ishonamanki bu yerda yana ko‘p narsa o‘rgana olman».Press-konferensiya so‘ngida esa Lui Van Gal so‘z oldi :«O‘ylashimcha jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilarni maydonda joylashtirish to‘liq jyolashtirsh mumkin. Eslatib o‘tishim kerakki, jamoani 14 nafar futbolchi tark etdi va jamoaga 6 nafar futbolchi safga qo‘shildi».«Biz doimo yoshlarga imkoniyat berib kelganmiz va bunday qilishda albatta davom etamiz».Shuningdek Van Gal «Manchester Yunayted» hujum chizig‘idagi vaziyat yuzasidan ham izoh berib o‘tdi:«Hozirda Van Persining jismoniy holati ajoyib tarzda. U o‘zini JCh 2014 dagidanda a’lo darajada xis qilmoqda».«Mashg‘ulotlar chog‘ida Radamelda yagona imkoniyat bo‘ldi va u bundandan foydalanib gol ura oldi».Jurnalistlarning Danni Uelbekning jamoani tark etishi borasidagi savoliga Van Gal aniq va qisqa javob qaytardi:«U o‘ziga yaratilgan vaziyatlardan yaxshi foydalana olmadi. Hujumchi o‘ziga yaratilgan qulay vaziyatdan foydalana bilishi kerak va gol urishi lozim».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.