Янгиликлар /

Di Mariya «MYu» da sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachi Anxel Di Mariya sentyabr oyidagi jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Jamoa muhlislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra Argentinalik futbolchi so‘rovda 68 % ovoz yig‘di, Andera Errera 23 %, Rafael esa 9 % ovozga ega bo‘ldilar.
«Men ushbu mukofotga loyiq ko‘rilganimdan xursandman, bunda jamoadoshlarimning o‘rinlari beqiyos.

Men «Yunayted» dagi faoliyatim shunday yaxshi boshlanganidan ma’munun bo‘ldim, men jamoam g‘alaba qozonishda davom etib ochoko jamg‘arishi uchun bor kuchim bmlan xarakat qilaman».
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Di Mariya «Manchester Yunayted» safida uch marta maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.