Янгиликлар /

Anxelo Enrikes «MYU»ni tark etdi

Мақола нашр қилинди

Zagrebning «Dinamo» jamoasi «Manchester Yunayted» jamoasining chililik futbolchisi Anxelo Enrikesni to‘liq sotib oldi. Bu xaqida «Yunayted» rasmiy sayti xabar berdi.

Xorvatiya jamoasi futbolchi uchun 1,5 mln yevro mablag‘ sarflagan. Futbolchining o‘zi esa jamoa bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

«Barcha «Yunayted» a'zolari Anxeloning kelajak faoliyatida barcha yaxshi tilaklarni bildirib qoladi», — deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida Zagrebning «Dinamo» jamosida o‘tkazib  barcha musobaqalarda umumiy hisobda 21 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.