Янгиликлар /

«MYu» mashg‘ulotlarga kirishdi

Мақола нашр қилинди

Ta'tildan so‘ng «Manchester Yunayted» jamoasi asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarga kirishdi. Jamoa bosh murabbiy Lui Van Gall  dastlab Karringtondagi bazada futbolchilar bilan kichik yig‘ilish o‘tkazib so‘ngra mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.

Hozirda faqatgina Argentina terma jamoasi safida Amerika kubogi musobaqasida ishtirok etib, jarohat olgan Anxel Di Mariya safda yo‘q. Ma'lumotlarga ko‘ra futbolchi avgust oyida jamoa safiga qo‘shiladi.

Hozirda jamoa asosan jismoniy tiklanish mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.

Mashg‘ulotlar shuningdek jamoaning yangi xaridi Memfis Depay ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, jamoani tark etishi kutilayotgan De Xea va van Persi ham xozirda jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.  

Jamoa bir necha hafta o‘z bazasida mashg‘ulot olib boradi va so‘ngra AQSh da tashkil etiladigan turneda ishtirok etish uchun jo‘nab ketadi.  

Foto manba: www.manutd.com

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.