Янгиликлар /

Ventura: Darmian top-jamolarga o‘tishga loyiq

Мақола нашр қилинди

 «Torino» jamoasi bosh murabbiyi Jampero Ventura himoyachi Matteo Darmianni «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tayotganini tasdiqladi. Bu xaqida Manchester Evening News nashri Ventura so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

«Bu xaqiqat, Darmian «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibida Chempionlar Ligasida ishtirok etishi mumkin. Matteo top-jamolarga o‘tishga loyiq, u doim Chempionlar Ligasida ishtirok etishni istardi, uning orzusi ro‘yyobga chiqadi».

«Biz Darmian bilan ancha yildan beri birga ishlab kelmoqdamiz, unda orzusidagi Chempionlar Ligasi musobaqasida ishtirok etishi uchun imkoniyati yetarli».
So‘ngi ma'lumotlarga ko‘ra Darmian juma kuni «Yunayted» jamoasi tarkibida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.