Янгиликлар /

Xummels: «Manchester Yunayted» katta jamoa

Мақола нашр қилинди

Dortmundning «Borussiya» jamoasi himoyachisi  Mats Xummels jamoada yana bir yil muddatga qolishini, shuningdek unga «Manchester Yunayted» jamoasidan qiziqish bo‘lganini tasdiqdladi. Bu xaqida The Guardian nashri Xummels so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

«Jamoamizning ko‘plab futbolchilari to‘g‘risida har kuni yangi yangi mish-mishlar chiqadi, lekin men bu yil xech qaerga ketmaslikni lozim topdim».
– «Albatta, senga katta jamoalar qiziqish bildirishi ajoyib, «Manchester Yunayted» jahoning eng katta jamoalaridan biri, bu men uchun fahr, lekin men jamoada qolishga qaror qildim».

Eslatib o‘tamiz, mavsum so‘ngida bir qator britaniya nashrlari 26-yoshli futbolchining xizmatlaridan van Gall foydalanmoqchi ekanligi to‘g‘risidagi xabarlarni tarqatishgan edi. Futbolchi esa yana bir bor o‘z jamoasida qolishni avzal ko‘rishini ta'kidladi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.