Янгиликлар /

Sky: Persi «Fenerbaxche» bilan kelsihib oldi

Мақола нашр қилинди

Sky Sports nashri ishonarli manbalarga ko‘ra xabar berishicha Robin van Persi  Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolash borasida kelishib olgan.

Turk jamoasi rasmiylari dam olish kunlariga qadar futbolchi bilan shartnoma imzolashni ko‘zda tutishgan. Jamoa van Persi bilan o‘zaro shartnoma borasidagi ayrim bandlarini oydinlashtirish niyatida.

Sky Sports nashri takidlashicha «Fenerbaxche» direktori Djuliano Terraneo xozirda Londonda va u «Yunayted» rasmiylari bilan transfer bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Agarda van Persi jamoani tark etsa Lui van Gall qo‘l ostida ikkita xujumchi Ueyn Runi va Jeymsom Uilson qoladi. Chicharito jarohat olib safdan chiqqan bo‘lsa, Falkao Ijara muddati tugab jamoani tark etgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.