Янгиликлар /

Keylor Navas «MYu»da?

Мақола нашр қилинди

«Real» jamoasining kosta-rikalik darvozaboni Keylor Navas o‘z faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.

Marca nashrining xabar berishicha, «MYu» bosh murabbiyi Lui van Gal ushbu darvozabonni De Xea «Real»ga o‘tadigan bo‘lsa, uning o‘rniga munosib nomzod sifatida hisoblamoqda.

Bu transfer Ramosning «MYu»ga o‘tishi evaziga De Xeaning «Real»ga berilishi jarayonining bir qismiga aylanishi mumkin.

Biroz oldinroq, «MYu» o‘z darvozabonini «Real»ga bu jamoadan Ramosning xarid qilinishi evaziga transfer qilishi aytilgandi.

Inglizlar De Xeani Ramos masalasini hal qilishdan oldin Madridga qo‘yib yuborishsa, uni sotib olish imkoniyatlari deyarli yo‘q bo‘lishidan xavotirlanishmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.