Янгиликлар /

Nani «Fenerbaxche» a'zosiga aylandi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti Luish Nani Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasi a'zosiga aylanganini rasman tasdiqladi.

Portugaliyalik futbolchi ga 2007 yil yozda «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shilgan edi. Futbolchi shu kunga qadar jamoa safida 230 uchrashuvda maydonga tushib 41 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan. Shuningdek, futbolchi jamoa bilan Moskvada o‘tgan Chempionlar ligasi finalida g‘alaba qozongan.

Futbolchi avgust oyidayoq «Yunayted» jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin. Yangi mavsumdagi Chempionlar ligasi musobaqasining saralash bosqichida «Fenerbaxche» va «Manchester Yunayted» jamoalari ro‘baro kelib qolish ehtimoli bor.

«Barcha «Manchester Yunayted» jamoasi a'zolari Nanining kelgusi faoliyatiga zafarlar tilab qoladi », — deb yozadi «Yunayted» rasmiy sayti.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.