Янгиликлар /

Park Ji Sun jamoaga qaytmoqda

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq yarim himoyachisi Park Ji Sung jamoaga qaytmoqda.

Endilikda futbolchi «Manchester Yunayted» jamoasining faxriy elchisi lavozimida ish olib boradi. Bu xaqiqda jamoa rasmiy sayti ManUtd.com xabar tarqatdi.

Yakshanba kungi jamoaning «Old Trafford» dagi «Everton» jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan Aleks Fergyuson bilan maydonga chiqadi va yangi lavozimdagi faoliyatini rasman boshlaydi.

Park jamoa tarkibida 2005 — 2012 yillar davomida to‘p surgan va bir qator mukofotlarni qo‘lga kiritishda jamoaga o‘z xissasini qo‘shan. U jamoa tarkibida 4 karra Premer Liga chempioni, u karra Liga Kubogi, shuningdek Chempionlar Ligasi va FIFA ning klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi.

Yangi lavozimi borasida Park quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: « Mening xotiramda «Manchester Yunayted» bilan bog‘liq ko‘plab quvonarli xotiralar qolgan, va men jamoaning elchisi bo‘lib ish boshlashimdan xursandman».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.