Янгиликлар /

LVG: 45 daqiqa harakat qilishga qodirlar

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal AQShning «San-Xose» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Shvaynshtayger yaxshi o‘ynay olmadi, umuman, butun jamoa yomon harakat qildi. Faqatgina Pereyro bundan mustasno. Bu narsani to‘g‘ri tushunish kerak. Futbolchilar mashg‘ulot olib borishayotganiga endi 6 kun bo‘ldi».

«Hozircha tarkibimizdagi futbolchilar faqat 45 daqiqa harakat qilishga qodirlar», — deydi Van Gal.

Eslatib o‘tamiz, «Yunayted» AQSh da bo‘lib o‘tayotgan turnedagi ikkinchi uchrashuvda «San-Xose» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Navbatdagi uchrashuvni «qizil iblislar» 25 iyul kuni Ispaniyaning «Barselona» jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.