Янгиликлар /

«MYu» APL jamoalari orasida etakchi

Мақола нашр қилинди

Moliyaviy ishlar bo‘yicha ilmiy ekspert doktor Tom Merkxem Angliya Premer ligasi jamoalaring 16 yil davomidagi iqtisodiy o‘sishlarini tahlil qildi.

Ilmiy tahlil natijalariga ko‘ra APL jamoalarining umumiy narxi so‘nggi  16 yil davomida 460 % foizga o‘sishga erishgan. Jamoalar ro‘yxatini o‘tgan 16 yil davomida «Manchester Yunayted» yetakchilik qilib kelmoqda.

1999-yilda Angliya jamoalarining umumiy qiymati 1,5 mlrd. funt sterlingni tashkil qilgan. Shundan 625 mln.funt-sterlingi «Yunayted» hisobiga to‘g‘ri kelgan.

2015-yilda esa Premer Liga jamoalarining umumiy narxi £8,4 mlrd. funt sterlingni tashkil qildi. «Yunayted» hamon ro‘yhatda yetakchilik qilmoqda. Jamoaning narxi tomonidan 1,85 mlrd. funt sterling deya baholangan. Jamoaning yaqin taqibchisi «Arsenal» jamoasi esa 1,12 mlrd funt sterling deya baholangan va ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Shuningdek 1999 yilga nisbatan solishtirganda jamoalarning televizion translyasiyadan oladigan daromadlari 10 barobar o‘sgan, yuqori liga jamoalaring umumiy foydalari 353% ga o‘sdi va 772 million funt 3,5 milliard funtga o‘zgardi.

Premer Ligada ishtirok etayotgan jamoalar narxlari:

1. «Manchester Yunayted» — £?1,85 mlrd.
2. «Arsenal» — £1,12 mlrd.
3. «Manchester Siti» — £907 mln.
4. «Chelsi» — £826 mln.
5. «Tottenxem» — £710 mln.
6. «Liverpul» — £537 mln.
7. «Sautgempton» — £259 mln.
8. «Nyukasl» — £221 mln.
9. «Everton» — £216 mln.
10. «Vest Xem» — £215 mln.
11. «Stok Siti» — £192 mln.
12. «Kristal Pelas» — £186 mln.
13. «Suosi» — £183 mln.
14. «Vest Bromvich» — £175 mln.
15. «Norvich» — £166 mln.
16. «Aston Villa» — £165 mln.
17. «Uotford» — £133 mln.
18. «Lester» — £133 mln.
19. «Sanderlend» — £121 mln.
20. «Bornmut» — £104 mln.

UMUMIY: £8,41 mlrd funt sterling.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.