«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtayger jamoadoshlarini «Oktoberfest» festivaliga taklif qilib, nemis madaniyati bilan tanishtirish istagida ekanligini aytdi.
«Bir kuni Runiga, agar vaqt bo‘lsa jamoani «Oktoberfest», festivaliga taklif qilmoqchiligimni aytdim, — deydi Shvaynshtaeger Sky Deutschlandga bergan intervyusida. – Festivalga borish uchun bo‘sh vaqt toppish kerak va van Gal buni tasdiqlashini bilmayman».
Bastian so‘zlariga ko‘ra «Yunayted» futbolichlari bu taklifni ishtiyoq bilan qabul qilishgan va van Galni rozligini olishmoqchi.
«Oktoberfest» har yili Myunxenda bo‘lib o‘tadi va bir oy davom etadi va dunyodagi eng yirik xalq festivali hisoblanadi. Har yili festivalga dunyoning turli burchaklaridan 6 mln. yaqin sayyohlar tashrif buyuradi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.