Янгиликлар /

«Yunayted» ning ECHLdagi tarkibi aniq

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti jamoaning Chempionlar Ligasining saralash bahslarida maydonga tushushi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yhatini e’lon qildi.

«Manchester Yunayted» jamoasi 18 avgust kuni o‘z maydonida Belgiyaning  «Bryugge» jamoasiga qarshi to‘p suradi. Javob bahsi esa 26 avgust kuni Belgiyada bo‘lib o‘tadi.

UeFA ga topshirilgan tarkibdaan jamoaning besh naafar yangi a’zolari Serxio Romero, Matteo Darmian, Bastian Shvayshtayger, Morgan Shnayderlin va Memfis Depay ham o‘rin olishgan. Shuningdek jamoani tark etishi kutilayotgan darvozabon David De Xea ham tarkibga kiritilgan.

Umumiy tarkib quyidaagi ko‘rinishda:
Darvozabonlar: Devid De Xea, Anders Lindegor, Serxio Romero, Sem Djonston;
Himoyachilar: Fil Djons, Markos Roxo, Djonni Evans, Kris Smolling, Lyuk Shou, Peddi Makneyr, Matteo Darmian, Tayler Blekett;
Yarim himoyachilar: Adnan Yanuzay, Maykl Karrik, Deyli Blind, Eshli Yang, Ander Errera, Antonio Valensiya, Maruan Fellayni, Morgan Shnayderlin, Bastian Shvaynshtayger, Djessi Lingard, Andreas Pereyra, Xuan Mata;
Hujumchilar: Memfis Depay, Ueyn Runi, Xaver Ernandes, Jeyms Uilson.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.