«Seltik» jamoasi «Yunayted» himoyachisi Tayler Blekett borasida muzokara olib bormoqda. The Daily Mail va BBC nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra «Seltik» bosh murabbiyi Ronni Deyl himoyachini ijara asosida o‘z jamoasida ko‘rish niyatida.
Shuningdek futbolchiga «Vest Brom», «Real Sosedad» va «Valensiya» jamoalari ham qiziqish bildirishgan.
21 yoshli Blekett «Seltik» da jamoani tark etgan Virdjila vann Deykning o‘rnini bosish niyatida taklif etilmoqda. Blekett markaziy himoyada va chap qanot himoyasida o‘ynay olishi mumkin. O‘tgan mavsumda futbolchi asosiy tarkibda 12 bor maydonga tushishga erishgan edi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.