«Manchester Yunayted» jamoasi transfer oynasi yopilishining so‘ngi kuni «Monako» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antoni Martyal bilan shartnoma imzoladi. Bu xabarni jamoaning rasmiy sayti ham tasdiqladi.
19 yoshli futbolch bilan jamoa 4+1 ko‘rinishida o‘artnoma imzoladi. Martyal «Monako» safida 2013 yildan buyon maydonga tushib keladi. Jamoa tarkibida futbolchi Martyal 70 uchrashuvda maydonga tushib 15 marotabi raqib darvozasini ig‘ol qilishga erishgan. Antoni 16 yoshlilar terma jamoasidan 21 yoshlilar termasi safiga o‘tkazilgan edi. 28 avgust kuni esa futbolchi Fransiyaning asosiy terma jamoasi safiga chaqiruv oldi.
Yangi jamoa tarkibiga qo‘shilgani haqida futbolchi o‘z fikrini bildirdi: «Manchester Yunayted» jamoasi safiga kelib qo‘shilganimdan juda xayajondaman. «Monako» da menga yordam bergan hammaga va muhlislarga kat rahmat».
«Men Premer Ligada o‘ynashni doim istardim. Bunday katta jamoaning safida to‘p surish xar bir yosh o‘yinchining orzusi. Tez orada yangi jamoadaoshlarim safiga qo‘shilib Lui van Gal qo‘l ostida yanada yuksak darajaga erishaman».
Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal ham o‘z fikrlari bilan shrtoqlashdi:
«Xursandman, Antoni «Manchester Yunayted» tanlaganidan. Ishonamanki u o‘ziga mos jamoani tanladi. U hali juda yosh, shunday ekan yanada yuksalishga erishadi. Premer Liganing ritimiga tezda moslashib ketishiga ishonib qolaman».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.