Янгиликлар /

«Old Trafford» da kamchiliklar bor

Мақола нашр қилинди

Daily Mail nashri bergan xabarga ko‘ra «Yunayted» jamoasi stadioni «Old Trafford» gigiena tekshiruvlari tomonidan yuqori bahoga loyiq ko‘rilmadi.

Jamoa stadioniga tekshiruvchi komissiya tomonidan 5 emas 4 yulduzli deya baholangan.  Angliya premer ligasida ishtirok etuvchi jamoalar orasida «Uotford» ga ham shunday baho qo‘yilgan. Boshqa jamoalar esa yuqori bahoga munosib ko‘rilgan.

Tekshiruvchilar «Old Trafford» stadionidagi Red Cafe eshiklari yaqinida kemiruvchilar tomonidan qoldirilgan teshiklarni ko‘rishgan. Shuningdek kafeda mavjud muzlatgichlar yetarli darajada emas.  

Yakunda tekshiruv komissiyasi holatni yaxshilash borasida o‘z takliflarini keltirib o‘tishgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.