Dortmundning «Borussiya» jamoasi rasman Adnan Yanuzayni ijaraga olganini e'lon qildi. 20 yoshli belgiyalik futbolchi 2016 yil 30 iyunniga qadar jamoa safida to‘p suradi
«Adnan – juda iqtidorli va texnikasi yaxshi shakillangan o‘yinchi, uni jamoamizga qo‘shilishi orqali jamoa hujum chizig‘imiz yanada kuchayadi», — deydi «Borussiya» jamoasi sport direktoriMixael Sork jamoa rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Yanuzay ham qisqacha o‘z fikrini bildirib o‘tdi: «Borussiya» — ajoyib jamoa. Jamoaning ashaddiy muhlislari borligini eshitganman. Ushbu jamoaning rivojiga o‘z xissamni qo‘shishni hohlayman».
Yanuzay yangi jamoasi tarkibida 9 raqamda to‘p suradi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.