Янгиликлар /

Chempionlar Ligasi uchun ro‘yhat

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 26 nafar futbochi ro‘yhatini rasman e'lon qildi.

Ko‘pchilikning diqqatini tortgan narsa ro‘yxatdan Davida De Xea ham o‘rin oldi. Shuningdek jamoani tark etishi kutilayotgan Viktor Valdes ushbu ro‘yhatga kiritilmadi.

Ro‘xatdan jamoaning 6 nafar yangi a'zosi shuningdek o‘rinbosarlar tarkibidan Gilermo Varela va Nik Pauell ham joy olishgan.

«Manchester Yunayted» jamoasining rasmiy yakuniy ro‘yhati quyidagi ko‘rinishda tashkil topgan:

Darvozabonlar: David De Xea, Serxio Romero, Sem Djonstoun;

Himoyachilar: Fil Djons, Markos Roxo, Kris Smolling, Lyuk Shou, Gilermo Varela, Peddi MakNeyr, Matteo Darmian;

Yarim himoyachilar: Maykl Karrik, Deyli Blind, Eshli Yang, Ander Errera, Nik Pauell, Antonio Valensiya, Maruan Fellayni, Morgan Shnayderlin, Bastian Shvaynshtayger, Djessi Lingard, Andreas Pereyra;

Hujumchilar: Memfis Depay, Xuan Mata, Antoni Martyal, Ueyn Runi, Djeyms Uilson.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.