Янгиликлар /

Devid Bekxem «Futbol afsonasi»

Мақола нашр қилинди

Devid Bekxem yigirmanchi marotaba o‘tkazilayotgan HMV Football Extravaganza marosimida «Futbol afsonasi» sovriniga loyiq topildi.

Devidga ushbu mukofotni sovrinning avvalgi yilgi sohibi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi yordamchisi Rayan Giggz topshirdi. Tadbirda shuningdek «Manchester Yunayted» ning sobiq futbolchisi Niki Batt ham ishtirok etdi.

Avalroq «Futbol afsonasi» sovrinini ser Bobbi Charlton, ser Aleks Fergyuson, Erik Kantona va Teddi Sheringemlarga ham topshirilgan edi..

HMV Football Extravaganza – hayriya marosimi Nordoff Robbins musiqa terapiyasi fondi ko‘magida tashkl qilindi. 20-marotaba tashkil qilinayotgan marosim tarixi davomida umumiy hisobda 6 million funt mablag‘ fond hisobiga kelib tushgan. Ushbu mablag‘ orqali musiqa yordamida turli hil kasallikka chalingan insonlarni  davolash ko‘zda tutilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.